⚖️ MAʼMURIY ISHLARDA ADVOKATNING O‘RNI: HUQUQLARINGIZNI BILASIZMI?
Ko‘pchilik advokat faqat jinoyat ishlarida kerak deb o‘ylaydi. Aslida, maʼmuriy huquqbuzarlik (masalan, YHX qoidalarini buzish, mayda bezorilik va h.k.) sodir etilganda ham advokat xizmatidan foydalanish sizning qonuniy huquqingizdir!
MJTKning 297-moddasiga ko'ra:
- Advokat shaxs ushlangan vaqtdan ishda qatnashishi mumkin.
- Ish bilan tanishish, iltimoslar qilish materiallari va qaror ustidan shikoyat berish huquqiga ega.
🏛 DAVLAT HISOBIDAN ADVOKAT (BEPUL) Agar shaxsning advokat yollashga imkoniyati bo'lmasa, u davlat hisobidan yuridik yordam so'rashi mumkin:
Vakolatli shaxs yoki sud fuqaroning iltimosiga ko'ra davlat hisobidan advokat jalb etilishini taʼminlashi shart.
Davlat tomonidan advokat jalb qilinganda, unga ish bilan tanishish va kirishish uchun kamida 4 soat vaqt beriladi.
Ишингиз мураккаб бўлса — адвокат билан гаплашинг
Ўз ҳолатингизни мутахассисга кўрсатиш, хатоларнинг олдини олишга ёрдам беради. Ҳудудингиздаги адвокатни танланг.
Ўз ҳолатингизга мос жавоб олинг
Ҳар бир ажрашиш ҳолати ўзига хос. Юқоридаги маълумотлар умумий — лекин сизнинг ҳужжатларингиз ва ҳолатингизни кўриб чиқиш керак.