Kenjaboyev Dilshodbek Ibrohim O'g'li
📍 Тошкент
Бошқа турдаги ишлар
⚖️ 6 yil tajriba
☎ Telefon: +998 97 410 33 88
🪪 Guvohnoma: 000011
Dilshodbek Kenjaboyev 11 yillik shu jumladan, 6 yil bevosita advokatlik amaliy tajribasiga ega advokat bo'lib, shu kunga qadar 300 dan ortiq ishlarda muvaffaqiyatli qatnashib, 93-94 foiz holatlarda ijobiy natijalarga erishgan. Bir vaqtning o'zida professional mediator hamda hakamlik sudi arbitri sifatida ham faoliyat olib boradi. 2024-yilda "Yil advokati - 2024" tanlovi g'olibi bo'lgan.
Janubiy Koreya davlati Chonnam Milliy universitetida ham Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti "Xalqaro tijorat huquqi" yo'nalishida magistratura bosqichida o'qigan. O'zbek, rus va ingliz tillarida ish yuritadi.
Asosiy ish faoliyati korporativ, biznes huquqi, tadbirkorlarga yuridik xizmat ko'rsatish hamda iqtisodiy hamda mansabdorlik jinoyatlari bo'yicha yuridik yordam ko'rsatishni qamrab oladi. Ma'lumki, iqtisodiy va mansabdorlikka oid jinoyat ishlari nafaqat yuridik, shu bilan birga buxgalteriya, soliq, audit hamda iqtisodiyot sohasiga doir keng bilim va ko'nikmalarni talab qiladi va advokat Dilshodbek Kenjaboyev aynan shunday bilim, ko'nikma va tajribaga ega kam sonli advokatlardan biri hisoblanadi.